Jahon | 10:39 / 23.05.2018
4299
1 daqiqa o‘qiladi

Pulittser va Xalqaro Buker mukofotlari laureati bo‘lgan yozuvchi vafot etdi

Foto: The New York Times

Amerikalik yozuvchi Filip Rot 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yozuvchining o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Filip Rot 1933 yilning 19 mart kuni Nyu-Jyersi shtatidagi Nyuark shahrida tavallud topgan. Baknell universitetida ta'lim olgan. Rot Pulittser mukofoti va Xalqaro Buker mukofoti laureati bo‘lgan. U 25dan ortiq romanlar muallifi sanaladi. Asosan yozuvchini ikki romani bo‘yicha tanishadi: «Amerika pastorali» va «Tikuvchi bilan yuz bergan holat».

Shu bilan birga, yozuvchining ona shahridagi maydonlardan biri uning sharafiga nomlangan. 2013 yilda esa Fransiyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Loran Fabius yozuvchiga Faxriy legion ordenini topshirgan.

Mavzuga oid