Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Suriyadagi vahshiylik». Human Rights Watch JCh-2018ni boykot qilishga chaqirmoqda
Human Rights Watch huquq himoyasi tashkiloti Rossiyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan futbol bo‘yicha jahon chempionati-2018ni boykot qilishga chaqirmoqda.
Huquq himoyachilarining fikricha, mundialni boykot qilish Rossiya Suriyadagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishiga olib keladi.
«Jahon yetakchilari Putinga aniq signal yuborishlari kerak – u o‘z siyosatini o‘zgartirmasa va Suriyadagi rossiyalik hamda suriyalik qo‘shinlar vahshiyligiga yakun yasash bo‘yicha qadamlar qo‘ymasa, ular u bilan ochilish o‘yinida VIP-o‘rindiqlarda o‘tirmaydi.
Biroq, millionlab odamlar uchrashuvni ko‘rish istagida ekaniga qaramay, Suriya tinch aholisining azob-uqubatlari esdan chiqarilmasligi kerak», - deya tashkilot ijrochi direktori Kennet Rotning so‘zlarini keltiradi DW.
Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq angliyalik futbol ishqibozlari JCh vaqtida «uchinchi jahon urushi» keltirib chiqarish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025