Fan-texnika | 09:10 / 25.05.2018
9117
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat mediakompaniya nomi aytildi

Foto: Netflix

AQShning Netflix ko‘ngilochar kompaniyasi payshanba, 24 may kungi savdolarda Disney’dan o‘tib ketdi va oqimli onlayn-uzatish bilan shug‘ullanuvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda Variety yozmoqda.

Payshanba kungi savdolarda Netflix aksiyalari qiymati 1,3 foizga o‘sib, 349,29 dollarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaga taxminan 161 mlrd dollarlik bozor kapitalizatsiyasini beradi. O‘tgan yildagi shu sana bilan taqqoslansa, Netflix narxi 82%ga oshdi.

Disney aksiyalari esa, aksincha, 0,7%ga tushib ketib, 102,11 dollarni tashkil qildi. Hozirgi vaqtda uning bozordagi kapitalizatsiyasi taxminan 152 mlrd dollarga teng.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, Netflix servisi 2018 yilning birinchi choragiga Qo‘shma Shtatlar va xorijdagi obunachilar miqdori bo‘yicha o‘z prognozlarini yangilab bo‘ldi. Ayni damda Netflix’ga butun dunyo bo‘ylab 125 mln kishi obuna bo‘lgan.

Mavzuga oid