Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul»ning 1000dan ortiq ishqibozi Kiyevdagi finalni o‘tkazib yuboradi
«Liverpul» futbol klubining taxminan 1000dan ortiq ishqibozi Kiyevda Madridning «Real»iga qarshi o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi finaliga kela olmaydi.
Britaniyaning Times gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, Angliyadan Ukraina poytaxtiga uchta charter reysini tashkillashtirgan kompaniya «Borispol» aeroporti xodimlaridan qo‘nish uchun joy taqdim etish bo‘yicha rad javobi olgan, natijada barcha uchta reys bekor qilindi.
Xususan, reyslardan biri Kiyevga payshanba kuni, qolgan ikkitasi esa – jumada, final o‘yinidan bir kun avval yetib kelishi kerak edi, biroq Ukraina aeroportining aviatsiya rasmiylari samolyotlar o‘lchamlariga rad javobi bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda «Liverpul» ishqibozlari hujumga uchragani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
18:50 / 24.04.2025