Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
                                    Sport | 04:07 / 27.05.2018 
                                    
                                
                                        
                                        12739
                                    
                                    
                                        
                                        1 daqiqa o‘qiladi
                                    
                                                                        
                                Beyl yozda "Real"ni tark etishi mumkin
 
                                    Foto: Twitter/ChampionsLeague
"Real Madrid" hujumchisi Garet Beyl Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) so‘ng yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
"Mavsum tugadi va endi agentim bilan kelajagimni muhokama qilamiz", – dedi Beyl.
Garet finalda zaxiradan maydonga tushib, 2ta gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
 
               
             
               
             
                         
                         
                        