Jahon | 13:40 / 27.05.2018
6771
1 daqiqa o‘qiladi

Milliarder Brenson 67 yoshida ilk kosmik turistlar safida bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Getty Images /Lisa Maree Williams

Buyuk Britaniyaning Virgin Galactic kompaniyasi direktori 67 yoshli milliarder Richard Brenson kosmosga parvoz qilish va ilk kosmik turistlardan biri bo‘lish istagini bildirdi. The Independent shu haqida xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, kosmik turizmga mo‘ljallangan Virgin Galactic SpaceShipTwo kosmik raketoplanidagi ilk parvoz yaqin bir necha oyda amalga oshishi kutilmoqda.

Brenson tizim ishonchliligini namoyish etish maqsadida uni shaxsan sinab ko‘rib, havo kemasining birinchi tijoriy yo‘lovchisi bo‘lishga tayyor. U hozirda bu parvozga maxsus tayyorgarlik jarayonlaridan o‘tmoqda.

Virgin Galactic rejalariga ko‘ra, kosmosga turistik parvozning umumiy vaqti 2,5 soatni tashkil qilishi kerak, shundan 5-6 daqiqani ekipaj vaznsizlikda o‘tkazadi. Kema chiptasi narxi 250 ming dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid