Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyada qurbon berishda davom etmoqda
Rossiya armiyasining yana 4 nafar harbiysi Suriyada jangarilar hujumi qurbonlariga aylandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasman xabar bergan.
«Suriya Arab Respublikasida jangarilarning hujumi oqibatida 4 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi... Suriyaning Dayr az-Zor provinsiyasi hududida kechqurun Suriya hukumatining artilleriya bo‘linmalariga terrorchi guruhlar tomonidan hujum uyushtirilgandi. To‘qnashuvlar vaqtida voqea joyida ikki nafar rossiyalik harbiy maslahatchi halok bo‘lgan, yana 5 nafar harbiy jarohatlangan holda harbiy gospitalga yetkazilgan», deyiladi xabarda.
Gospitalga olib kelinganlarning ikki nafari ham jon bergan.
Ma'lum qilinishicha, artilleriya bo‘linmasi jangarilarga qarshi bir soat mobaynida jang olib borgan va 43 nafar terrorchini yo‘q qilgan.
Ushbu xabar 27 may kuni rasman ma'lum qilindi.
«Chita.ru» ma'lumotiga ko‘ra, 23 may kuni Suriyada halok bo‘lgan 4 harbiyning dafn marosimi o‘tkazilgan. Qurbonlar 200-artilleriya bo‘linmasi harbiylari bo‘lishgan, ularning biri ofitser edi.
«Anonim Armiya» manbasi ma'lumotiga ko‘ra esa qurbonlar soni 6 nafar, Suriyadan olib kelingan jarohatlanganlar Moskvadagi harbiy gospitalga yotqizilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025