O‘zbekiston | 19:36 / 28.05.2018
36463
2 daqiqa o‘qiladi

Botir Xo‘jayev O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy muammo haqida gapirdi

Foto: Xalqaro Press-klub

O‘zbekistonning iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev mehnatga layoqatli aholi sonining yuqori darajasini mamlakat iqtisodiyotidagi asosiy muammo deb hisoblaydi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada shunday bayonot berdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

"Biz yaqin 10 yildagi asosiy muammomiz mamlakat aholisi orasida mehnatga layoqatli kishilar ulushining favqulodda yuqoriligicha qolishi bilan bog‘liq ekanini yaxshi tushunib turibmiz", - dedi u.

Xuddi shu omilni kuchli tomon sifatida ham ko‘rish mumkin, deb hisoblaydi u. "Mehnatga layoqatli kishilarning bunday yuqori ko‘rsatkichlaridan iqtisodiy o‘sish omili sifatida foydalanish kerak", - deydi Xo‘jayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday mamlakatlar borki, ularda demografiya bo‘yicha muammolar mavjud va u mamlakatlarning o‘sish sur'atlarini ta'minlash uchun asosiy omillardan biri - mehnat resurslari yetishmaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2017 yilda iqtisodiy faol aholining 5,8 foizni (837 ming kishi) tashkil qilgan. Biroq iqtisodiyot modernizatsiyasi va yangi sohalarning paydo bo‘lishiga qaramay, hukumat zarur ishchi o‘rinlarini yaratishga ulgurmayapti.

"Afsuski, bugungi vaziyatda biz ishchi o‘rinlar yaratish masalasida ortda qolyapmiz", - dedi Xo‘jayev. U bu masalani hal qilish "ijtimoiy taranglik bartaraf etilishi bilan bog‘liq" ekanini ta'kidladi. 

Mavzuga oid