Iqtisodiyot | 12:52 / 28.05.2018
31701
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot vaziri 15 trln so‘mlik yangi dastur haqida ma'lum qildi

O‘zbekistonda besh yillik «Obod mahalla » dasturi qabul qilinadi, u shaharlarning qiyofasini o‘zgartirishi kerak. Bu haqda iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev ma'lum qildi.

Botir Xo‘jayev
Foto: Xalqaro Press-klub

«Yaqin kunlar ichida yangi dasturni ko‘rasizlar. U «Obod mahalla» deb ataladi», - dedi Xo‘jayev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada.

Dasturga xarajatlar 12-15 trillion so‘mga baholanmoqda, deya ta'kidlab o‘tgan vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur mamlakat sanoat ishlab chiqarishining qariyb 54%ni tashkil etayotgan asosiy 30 shaharning «tashqi qiyofasini yangilash»ga qaratilgan.

«Qabul qilinadigan tadbirlar aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak», - dedi Xo‘jayev.

O‘zbekistonda «Obod qishloq» nomi ostida shu kabi dastur amalga oshirilmoqda. Avvalo, u uzoq aholi punktlaridagi hayot sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Masalan, 2018 yilda mamlakatning 174ta tumanidagi 368 mahalla hududlarini kompleks yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Mavzuga oid