Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanhay hamkorlik tashkilotida ingliz tilida ham muloqot bo‘ladi
Shanhay hamkorlik tashkilotida ingliz tili uchinchi rasmiy til bo‘lib qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shri Vinod Kumar Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
29 may kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida tashkil etilgan ShHT sammiti doirasidagi OAV brifingida a'zo davlatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan rasmiy vakillari yangi rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Tashkilotga yangi a'zo bo‘lgan Hindiston va Pokiston vakillari ShHT kotibiyati bilan ayni masalada muzokaralarni olib bormoqdamiz. Tez orada masala ijobiy hal bo‘ladi degan umiddaman», deydi elchi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston davlatlari ShHT tarkibiga 2017 yil qabul qilingandi. Shu davrgacha tashkilot rasmiy tillari rus va xitoy tili bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin
15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
11:13 / 12.09.2022
Shavkat Mirziyoyev: ShHT ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim
07:50 / 12.09.2022