Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Fransiya Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidagi axborot manbasiga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tashrif shu yili, yozda amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Shunga qaramay, tashrifga doir batafsil ma'lumotlar oshkor etilmayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohitov davlat rahbarining kutilayotgan tashriflari yuzasidan Kun.uz muxbiriga shunday deydi:
"Fransiya bilan aloqador tashrif kutilmoqda. Ayni paytda biz tashrifni amalga oshirish ustida ish olib bormoqdamiz. O‘ylaymanki, bu haqda aytsa ham bo‘ladi".
Vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, bundan tashqari yana bir nechta xalqaro tashriflar tayyorlanmoqda.
2017 yil sentabr oyida Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami bilan qutlab, O‘zbekiston Prezidentini Parijga taklif qilgandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi eng tarixda bor-yo‘g‘i uch marta davlat rahbarlarining tashriflari kuzatilgan. Ilk bor O‘zbekiston sobiq rahbari Islom Karimov 1993 yilda, keyinroq 1996 yilda Fransiyaga tashrif buyurgandi. O‘sha paytdagi Fransiya Prezidenti Fransua Mitteran esa 1994 yili davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropa mintaqasi bo‘yicha muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2017 yil yakuniga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi qiymati 251 million dollardan oshgan.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024