Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng keksa daraxt Italiyada topildi
Italiyaning Pollino milliy bog‘ida yoshi 1230 yilni tashkil qiluvchi qarag‘ay topildi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Geldreyx turiga mansub qarag‘ay keksa yoshiga qaramay, o‘sishda davom etmoqda. Taxmin qilinishicha, daraxtning bunday uzoq “umr ko‘rishi”ning siri u topilgan tog‘dagi past haroratlar bo‘lishi mumkin. Daraxt olimlar tomonidan “Italus” deb nomlandi.
Mutaxassislar qarag‘ay oxirgi yillarda qalinroq halqalar shakllantirayotganiga e'tibor qaratishgan, bu esa atrof-muhit yaxshi holatdaligidan darak beradi. Buning sababi esa Yevropaning ekologiya haqida yangi qonunchiligi bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Yevropaning eng keksa daraxti Shimoliy Gretsiyada o‘suvchi shu turdagi 1075 yillik qarag‘ay hisoblanardi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
12:24 / 22.05.2025