Jamiyat | 23:11 / 30.05.2018
13478
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida​gi mahallalarni obod qilish boshlandi 

Toshkent shahrida «Namunaviy mahalla» loyihalariga kiritilgan «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish qizg‘in tus olmoqda. Xususan, Chilonzor tumani Do‘mbirobod dahasi «Tirsakota» mahallasi hamda Chilozor 19-mavze Xirmontepa mahallalarida bu borada sezilarli amaliy ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi shahar hokimligi Axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, ayni mahallalardagi 3054 ta xonadonlarning tashqi ko‘rinishi, binolarning yo‘laklari, fasadlari zamon talablari darajasiga olib chiqish, uylarni ta'mirlash va irrigatsiya tizimini yaxshilash ishlari boshlab yuborilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»​gi 3630-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, bugungi kunda Toshkent shahar miqyosida 11 tumanning har birida «Namunaviy mahalla» loyihalari amalga oshirilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

«Dastur bo‘yicha mavjud inshootlarning atrofini obodonlashtirish, deyarli har bir ko‘cha atrofidagi daraxtlar shahar infratuzilmasiga moslashtirilmoqda», deyiladi xabarda.

Shuningdek, ijtimoiy soha obektlari, ichimlik suvi, elektr ta'minoti kabi muhim sohalar yillar davomida qarovsiz holga kelib qolgandi. Ayni chog‘da, ular zamonaviy jihozlar bilan ta'mirlanmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

Mahallalarni obodonlashtirish ishlarini Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxsan nazorat qilib, xasharchilarga ko‘mak bermoqda.

Mavzuga oid