Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimining xalqaro e'tirofi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi raisi Asqarov Ibrohim Rahmonovich va Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom hadxari instituti rektori Muhammad Yusuf o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi hayoti, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, ziyorat turizmi sohasida yaratilgan imkoniyatlar hakida ma'lumot berildi.
Suhbat davomida Islom hadxari instituti rektori fizika fanlari doktori, professor Muhammad Yusuf O‘zbekistonda dunyoning 20ta kimyo fanlaridan biri «Tovarlar kimyosi» fani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor Ibrahim Asqarov tomonidan yaratilganiga yuksak baho berib, qolgan 19ta fan AQSh va Yevropa qit'alari mamlakatlarida yaratilgani, yangi fan esa Ibn Sino yurtida, o‘zbek olimi tomonidan yaratilganini olqishlashini bildirdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda O‘zbekiston tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi va Malayziya milliy universiteti qoshidagi Islom Xadxari instituti o‘rtasida memorandum imzolanishi to‘g‘risida kelishuvga erishilib, kelajakda Malayziya Islom hadxari instituti bilan O‘zbekiston tibbiy ilmiy akademiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025