O‘zbekiston | 17:29 / 30.05.2018
6467
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda necha foiz kompaniya muqobil energetikadan foydalanadi?

O‘zbekistondagi yuridik shaxslarning 3,9%i muqobil energiya manbalaridan foydalanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytilgan.

2018 yil aprel oyida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazildi. Respublikada muqobil energiya manbalaridan foydalanish ko‘rsatkichlarining yuqori emasligiga qaramasdan (kuzatilgan korxonalarning 3,9%), ko‘rsatkichning o‘tgan yilgi kuzatuv natijalariga (3,7% ) nisbatan o‘sish tendensiyasi kuzatilgan.

Biogaz qurilmalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz qolishi bilan bir qatorda (kuzatilgan korxonalar sonining 2,7%) quyosh batareyalari va quyoshda ishlaydigan kollektor qurilmalaridan foydalanadigan korxonalarning ulushi oshganini kuzatish mumkin.

Olingan natijalarga ko‘ra hududlarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish Navoiy viloyati (12,5% viloyatda kuzatilgan korxonalar sonidan), Qashqadaryo (7,5%) viloyatlaridan tashqari sezilarli darajada farq qilmaganini ko‘rsatdi.

Shu bilan bir qatorda, ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilganligi natijasida, biogaz qurilmasi mavjud korxonalarning 24%da biogaz qurilmalari bir oyda o‘rtacha biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish o‘tgan yildagi kuzatuv natijalariga nisbatan past bo‘ldi.

O‘tgan yilgi kuzatuvga qaraganda, fotoelektrik qurilmalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘rtacha miqdori 6 barobar ko‘paygan. Suvni isitish uchun quyosh kollektor qurilmalaridan foydalanadigan korxonalarda, guvohnomaga ega zamonaviy elektr tejamkor suv isitish qozonlari o‘rnatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid