O‘zbekiston | 14:14 / 31.05.2018
51711
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

Foto: GM Uzbekistan

2018 yilning iyul oyidan e'tiboran GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida Matiz rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatga olgan holda qabul qilindi, deb xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatilgan.

GM Uzbekistan iste'molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001 yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan.  2004 yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l bo‘lgan Matiz Best xamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.  

Matiz avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Andijondagi avtomobil zavodini tanqid qilgandi.

Mavzuga oid