Toshkent shahar prokurori ko‘zi ojizlar maktab-internati muammolarini o‘rgandi
Toshkent shahar prokurori Yashnobod tumanidagi ko‘zi ojizlar maktab-internatida ko‘zi ojiz bolalarning salomatliklarini tiklashi, bilim olishi va yashashi uchun sharoitlar yaratilganini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinish ahvolini shaxsan o‘rgandi.
Shundan so‘ng, internat o‘qituvchilari bilan alohida ochiq muloqot tarzida yig‘ilish o‘tkazib, internat faoliyatida yig‘ilib qolgan muammolar xususida ularning dardini tingladi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga belgilangan muddatlarda aniqlangan muammolarni hal etish haqida topshiriqlar berdi.
Maktab-internati oshxonasi, yotoqxonasi va hojatxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmagani, ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani hamda internat xodimlari va o‘quvchilari tomonidan tushgan ko‘plab e'tirozlarni inobatga olib, maktab-internati direktori M.Maqsudov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Mavzuga oid
14:05 / 13.02.2024
“Prezidentdan sog‘lar o‘rtasidagi tanlovlarda biz ham qatnashishimizni so‘rardim” - ko‘zi ojizlar maktabi o‘quvchilari nimani xohlaydi?
15:56 / 17.01.2024
Toshkentda g‘ildirakli tramvaylar paydo bo‘lishi mumkin
13:39 / 05.11.2022
Toshkent nega suvga “g‘arq” bo‘lmoqda? Transport vazirligi vakili izoh berdi
09:08 / 26.05.2021