Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada-2022 kutilmagan tashabbus bilan o‘tkazilishi mumkin
Xitoyning Pekin va Tyantszin shaharlari, shuningdek, Xebey provinsiyasi sog‘liqni saqlash idoralari shu hafta maxsus qo‘shma aksiyani ishga tushirdi. U Xitoyda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida chekishga qarshi muhitni yaratishga qaratilgan.
Pekin Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi huzuridagi chekish bilan kurash bo‘limi mudiri Duan Tszyalining "Beytszin tsinnyanbao" gazetasiga aytishicha, "Pekin va Xebey tamaki chekish bilan kurash bo‘yicha ta'lim dasturlarini rivojlantirish hamda tarqatish, chekishga qarshi muhitni yaratish uchun aniq standartlarni shakllantirish, tegishli qonunlar va qoidalarga qat'iy amal qilinishini nazorat etish bo‘yicha birgalikda ishlaydi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, chekishdan xoli Olimpiadani o‘tkazish uchun to‘rtta standart bor, "birinchidan, barcha Olimpiya obektlarida chekish taqiqlanishi kerak, bunda Olimpiya qishlog‘i atrofidagi restoranlar hamda barlar qamrab olinishi lozim, ikkinchidan, barcha obektlarda istalgan tamaki mahsulotining sotuvi taqiqlanishi shart, uchinchidan, barcha tablo va ekranlarda O‘yinlarni tamakidan xoli o‘tkazish siyosati haqida ma'lumotlarni joylashtirib borish zarur, hamda to‘rtinchidan, bironta ham tamaki kompaniyasi Olimpiada homiysiga aylanishi kerak emas".
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025