Jahon | 23:26 / 03.06.2018
11289
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti BMT vakiliga "toshini terish"ni maslahat berdi

Foto: Rouelle Umali / Zuma

Rodrigo Duterte filippinlik sudyaning iste'fosini tanqid qilgan BMT inson huquqlari bo‘yicha ekspertining bayonotiga qo‘pol ravishda javob berdi. Reuters shu haqida xabar berdi.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTning inson huquqlari bo‘yicha ekspertining mamlakat sud tizimi tahdid ostidaligidan ogohlantirgani, filippinlik sudyaning iste'fosini tanqid qilgani yuzasidan fikr bildirdi. Filippin yetakchisi xalqaro ekspertning "toshini terishi" mumkinligini aytdi. 

"Unga aytib qo‘ying, mening mamlakatim ishlariga aralashmasin. Toshini tersin", - dedi Duterte shanba kungi matbuot anjumanida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishdan avval. 

May oyida Filippin Oliy sudi Duterte hukumatning bahsli takliflariga qarshi ovoz berish "dushmani" deb atagan bosh sudya Mariya Lurdes Serenoni iste'foga chiqardi. Lavozimdan chetlatish konstitutsion qoidalarga rioya qilinmay amalga oshgan. Duterte sudya qonunga zid ravishda saylanganini bahona qilgan. 

BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti, tashkilotning sudyalar va advokatlar mustaqilligiga doir masalalar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan mazkur iste'foni tanqid qildi. "Oliy sud qarori Filippin prezidenti omma oldida bosh sudyaga uning dushmani ekanini aytib, iste'foga chiqarish bilan tahdid qilganidan ikki kun keyin qabul qilingan", - dedi Garsiya-Sayan. U sudyaning iste'fosini asossiz deb atadi.

Mavzuga oid