Ispaniyaning yangi bosh vaziri Injilda qasamyod keltirishdan bosh tortdi
Ispaniya sotsialistik partiyasi yetakchisi Pedro Sanches 2 iyunda Sarsuela qirollik saroyida qasamyod keltirdi va Ispaniya bosh vaziri lavozimini bajarishga rasman kirishdi. Sanches ateist bo‘lgani sababli an'anaga ko‘ra Injil bilan qasamyod keltirishdan bosh tortdi. Shu sababli undan qasamyodni qirol Filipp VI qabul qilgan.
Avvalgi bosh vazir Mariano Raxoy parlamentdan ishonchsizlik votumini olgandan so‘ng 1 iyunda iste'foga chiqarilgandi.
Sanchesdan tashqari Kataloniya jyeneralitetining yangi vazirlari ham qasamyod keltirishgan. Qasamyodni Kataloniyaning yangi bosh vaziri Kim Torr qabul qilgan. U marosimdagi nutqida Sanchesga “muzokaralar stoli atrofiga o‘tirib, suhbatlashib olishni taklif qilgan”.
Kataloniyaning yangi hukumati avvalgisi kabi mustaqillik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Muxtoriyatning avvalgi hukumati Raxoy qarori bilan 2017 yil oktabrda tarqatib yuborilgandi. Ispaniya hukumati Kataloniyaning mustaqil bo‘lish qaroriga shunday tarzda munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:44 / 12.11.2024