Tish emalini qayta tiklay oluvchi material ixtiro qilindi

Foto: Depositphotos
Londondagi Qirolicha Mariya universiteti tadqiqotchilari tish emalini qayta tiklay oluvchi materialni ixtiro qilishdi. Nature Communications maqolasida kimyogarlar yangi ishlanma o‘z tuzilmasi va xususiyatlariga ko‘ra tish emaliga o‘xshashini ma'lum qilishdi.
Olimlar tish emaliga ziyon yetsa, uni qayta tiklashning iloji yo‘qligi va bu tishlarni yo‘qotishga olib kelishini qayd etishdi.
Biroq yangi material yordamida tishlar o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Modda ekstremal haroratlar, nordon oziq-ovqat va ichimliklarga qarshilik qila oladi.
Material kristallarning o‘sishiga olib keluvchi oqsil yordamida ishlab chiqilgan. Bu oqsil tishlar shakllanayotganida organizmda paydo bo‘ladi.
Olimlar kelgusida ishlab chiqilgan material yordamida qattiq to‘qimalar regeneratsiyasida yangi yutuqlarga erishish va hatto tishlarning yiringlashi oldini olish mumkinligini ta'kidlashdi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ixtiro asosida mineralizatsiya jarayonini boshqarishda oqsillardan foydalanish usuli yotadi.
Mavzuga oid

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

10:30 / 22.03.2025
Olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qilish usulini ishlab chiqdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

12:07 / 22.02.2025