Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada vulqon otilishi tufayli halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda MVS Noticias xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilarning aniq soni noma'lum, biroq ular yuzlab kishilar ekani aytilmoqda.
Avvalroq, hukumat bir nechta aholi punktlarida xavflilikning eng yuqori – qizil darajasini kiritgani xabar berilgandi. Ma'lum qilinishicha, ushbu tartib Eskintla, Alotenango, Sakatepekes, Yyepokapa va Chimaltenango shaharlarini qamrab oladi.
Emisoras Unidos radiostansiyasining ma'lum qilishicha, 3 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Falokat mamlakatning 16,6 mlnlik aholisidan 1,7 mlniga ta'sir qilgan.
Vulqon faollashgani sababli poytaxtdagi “Aurora” xalqaro aeroporti yopib qo‘yilgan.