YPX xodimi va ajratishga uringan rafiqasini «do‘pposlagan» haydovchiga jazo tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Qonliko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov 2017 yilning 22 may kuni soat 20:30 lar atrofida A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchisi A.U.dan tegishli hujjatlarini so‘raganida, haydovchi hech qanday hujjat ko‘rsata olmagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli inspektor avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘ymoqchi bo‘lganida, haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qo‘pol munosabatda bo‘lib, xodimning xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuborgan.
Holat yuzasidan 2017 yilning 15 noyabr kuni Qonliko‘l tuman jinoyat ishlar bo‘yicha sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, unga nisbatan “360 (uch yuz oltmish) soat majburiy jamoatchilik ishi” jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024