Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiyadan o‘z kosmodromi bir qismini oldi
Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi aerokosmik qo‘mitasi rahbari v.b. Baubek Oralmagambetovning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston Rossiyadan Boyqo‘ng‘irda «Zenit» raketalarini uchirish uchun infratuzilmani qabul qilib oldi, biroq hujjatlarni rasmiylashtirish hali yakunlanmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Oralmagambetovning ta'kidlashicha, Qozog‘iston tomoni infratuzilmaning 212ta obektini qabul qilib oldi, yana 31ta obekt bo‘yicha hujjatlar muvofiqlashtirildi hamda tasdiqlash uchun taqdim etilgan.
«Ayni vaqtda obektlarni Rossiya Federatsiyasi tomonidan ijaraga olingan tarkibdan «Zenit-M» raketa kosmik majmuasi yerusti kosmik infratuzilmasi obektlarini chiqarish to‘g‘risida akt rasmiylashtirilmoqda, u Boyqo‘ng‘ir kompleksi bo‘yicha Qozog‘iston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraislariga tasdiqlash uchun yuboriladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Oralmagambetov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiylarini Boyqo‘ng‘irdan butunlay olib chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025