Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Niderlandiya bosh vaziri pol tozaladi
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte parlament binosiga kirishda bexosdan kofesini polga to‘kib yubordi va shvabrani olib, polni tozalashga kirishdi. Ushbu holat videosi Niderlandiyaning Turkiyadagi elchisi Kis van Bekning tvitterdagi sahifasida e'lon qilingan.
Videoda Mark Ryutte xushchaqchaq kayfiyatda chashkadagi qahvani ko‘targan holda parlament binosiga kirgani, so‘ng qo‘li chayqalib, ichimlik yerga to‘kilganini ko‘rish mumkin. Shunda u farroshlarning hay-haylashiga qaramasdan, polni arta boshlaydi va olqishlarga sazovor bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqdagilar bosh vazirning samimiyligiga shubha bildirishganida, elchi Kis van Bek ularga javob qaytargan.
«Men bir necha marta u velosipedida Haagani sayr qilganiga guvoh bo‘lganman», deya yozgan van Bek.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025