Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda oliy ta'lim muassasasini tashkil etish taklifi berildi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent viloyati Angren shahrida oliy ta'lim muassasasini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
«Angren shahrida erkin iqtisodiy zona faoliyat olib borayotganligi va sanoat tashkilotlari, ularda ish o‘rinlari ko‘pligini inobatga olgan holda, Angren shahrida ham oliy ta'lim muassasasi tashkil etish kerak», - deyiladi murojaat matnida.
Qayd etilishicha, Angren rivojlangan sanoat markazi bo‘lib, angrenlik ko‘pchilik yoshlarda oliy ta'lim muassasasida o‘qishga kirib, ta'lim olish va O‘zbekistonga xizmat qilish istagi kuchli ekan. Toshkent shahri yoki boshqa shaharlarga qatnab o‘qish Angren shahridagi yoshlar hamda ularning oila a'zolari uchun ko‘plab qiyinchiliklarni tug‘diradi.
«Shu sababdan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Angren shahar filiali yoki boshqa bir sanoat sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurti tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nafaqalar tayinlashni qayta ko‘rib chiqish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
23:20 / 11.03.2025