O‘zbekiston | 07:33 / 07.06.2018
11071
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi 

Foto: uzbekipaksanoat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Asan Aziyevich Jarasbayev “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining ishlab chiqarish va eksport masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Avval shu ishda mehnat qilgan Shavkat Ikromovich Achilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 2 iyun kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.

Mavzuga oid