MEIZU quvvatli va hamyonbop smartfonlari endi O‘zbekistonda!
Respublikaning gadjyetlar bozorida yangi qudratli raqib paydo bo‘ldi. Mashhur brendlardan biri - MEIZU kompaniyasi O‘zbekistonga smartfonlarni rasman yetkazib berishi haqida ma'lum qildi.
O‘zbekiston bozorini egallash bo‘yicha kompaniya rejalari juda jiddiy. Hozirdanoq elektronikaning respublika miqyosidagi yirik savdo tarmoqlari orqali mahsulotning ayrim modellarini sotish boshlangan.
Firma do‘konlari, servis markazini ochish va smartfonlarning keng assortimenti va original aksessuarlar sotuvini yo‘lga qo‘yish brendning yaqin kelajakdagi maqsadlaridan.
O‘zbekiston bozorida faoliyat olib borish qiziqarli va istiqbolli deb hisoblaydigan jahonning yirik kompaniyalarining yurtimizga tashriflari ortib bormoqda. Xaridorlar uchun esa bu o‘nlab mahsulotlar ichidan eng ma'qulini tanlash imkoniyati demakdir. MEIZUni tanlashingiz uchun ushbu brendda asoslar keragidanda ortiqroq.
Smartfonlardan allaqachon faqatgina aloqa vositasi sifatida foydalanilmay qo‘ydi - endilikda ular har qanday sharoitda ham ish yuritish, shaxsiy yozishmalar va ko‘ngilochar o‘yinlar uchun haqiqiy «aqlli» majmuaga aylanishga ulgurdi. Shuning uchun, oldin qurilmani tanlashda mijoz faqat aloqa sifatiga e'tibor bergan bo‘lsa, hozirda tanlashdagi asosiy e'tibor qulaylik va samaradorlikka qaratilmoqda. MEIZUda sizni qanoatlantiradigan barcha imkoniyatlar mavjud.
O‘ziga xos Flyme interfeysi kompaniyaning har bir smartfonida o‘rnatilgan bo‘lib, Androidning barchaga ma'lum tizimiga asoslangan va ko‘plab parametrlari bo‘yicha “ajdod”laridan o‘zib ketgan. Maksimal qulaylik va ishlatishdagi oddiylik MEIZUning asosiy afzalliklaridan biri, shuning uchun interfeys intuitiv tarzda tushunarli, ichki qism esa yuqori darajada bejirim va aniq - hech qanday ortiqcha chalkashliklarsiz va mikrosozlamalarning o‘nlab sahifalari, barcha zaruriyatlarni ekranda bir nechtagina slayd va taplar bilan bajarish mumkin. Bunga maxsus OneMind intellektual “slayderlari” orqali erishiladi, u mustaqil tarzda foydalanuvchining qarorlarini va unga ma'qul harakatlarni kuzatib boradi hamda kundan kunga barchasini foydalanuvchi uchun soddalashtirib, unga moslashadi. OneMind ko‘p ishlatiladigan ilovalarni saqlab qoladi va ular bilan ishlashni yanada qulaylashtirgan tarzda ilovalarni tez ishlab ketishiga imkoniyat yaratadi.
MEIZU smartfonlarida yana bir qiziq texnologik yechim — mBack funksional tugmasidir. Uning yordamida foydalanuvchi Back (Orqaga) va Home (Uy) oddiy tugmalarining noqulay joylashuvi haqida unutadi, chunki mBack bu ikkala tugmani va boshqa funksiyalarni ham o‘zida jamlagan. Tugmaga tegish Back funksiyasini amalga oshiradi, unga bosish esa Home funksiyasini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mBack tugmasiga bosilganda, smartfon bloklanadi (ekranni o‘chirgan holda) yoki qurilmani blokdan chiqaradi, chunki tugmaga barmoqlar izi skaneri joylashtirilgan.
Ovozning mukammalligi
Audiotexnologiyalarni taraqqiy etganligi avvaldan MEIZU kompaniyasiga ustunlik bergan jihat sanaladi. MEIZU smartfonlari yuksak darajadagi ovoz tizimiga egaligi bois har doim foydalanuvchilar tomonidan qadrlangan, bu darajaga sifatli musiqiy komponentlardan foydalanish evaziga erishilgan.
Masalan, Pro seriyada dinamik diapazonni kengaytirish va ovoz buzilishlarini kamaytirish uchun mustaqil raqamli analog ovoz o‘zgartirgich o‘rnatilgan.
Sevimli musiqangizni tiniq va tabiiy ovozlarda eshitib zavq oling.
MEIZU tarixi 2003-yil boshlangan, biroq uning ilk qurilmasi telefon emas, balki portativ musiqiy pleyer hisoblanadi. Kompaniya asoschisi, xitoylik biznesmen, ko‘proq Djyek Vong sifatida tanilgan Xuan Syuchjan, mp3-pleyer ko‘rinishini bozorda topishni uddalay olmaydi, bu tovushni ijro etishga bo‘lgan uning yuqori talabini qanoatlantirishi mumkin edi, shuning uchun u masalani umuman boshqacha hal qildi - bunday pleyerni qurilmadan mustaqil tarzda yaratdi.
Ikki yil ichida kompaniya Xitoy bozorini zabt etdi va jahon bozoriga chiqishni o‘z oldiga maqsad qilgan holda, pleyerlar borasida yetakchi raqiblardan biriga aylandi. MEIZU E3 pleyerlari 2005-yilning mashhur pleyerlari safiga ham kirdi, bir yildan so‘ng esa yangi qurilma MEIZU MiniPlayer (M6) bozorga chiqdi, bu portativ pleyerlar olamida inqilob edi. M6 pleyerlar haqidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirib yubordi, u nafaqat musiqa eshitish uchun, balki video va rasmlarni ham tomosha qilish uchun ham xizmat qila boshladi.
Biroq pleyerlar o‘rniga smartfonlar davri kelganda, MEIZU ham bu olamga moslashishiga to‘g‘ri keldi. Ilk MEIZU “aqlli” telefonini ishlab chiqish uchun ancha vaqt - ikki yil kerak bo‘ldi, natija esa kutilganidan ham a'lo bo‘lib chiqdi: qurilma eng ilg‘or darajada bo‘lmagan, biroq operatsion tizim qismidagi o‘ziga xos yechim mijozlar tomonidan juda iliq kutib olindi - MEIZU OS bir talay funksiyalarga ega bo‘lib, mos kelmagan ma'lumotlar hamda ilovalarni ham bevosita yuklay olgan va o‘sha paytda boshqa smartfonlarda bunday parametrlar mavjud emas edi.
2011 yil, Android asosida Flyme interfeysiga ega yangi MEIZU smartfoni yaratildi. Qurilma vatani bu yangilikni haqiqiy muvaffaqiyat deb qabul qildi - sotib olish mumkin bo‘lgan joylarda mijozlarning cheki ko‘rinmas edi. MEIZU smartfonlarining yutug‘i siri juda oddiy bo‘lgan - Flyme OS interfeysida ishlash tezligi va qulayligi Android tizimlarning boshqa ko‘rinishlaridan o‘zib ketdi.
Kompaniyaning yutug‘i MEIZUga 600 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan jahonning yetakchi internet-kompaniyalaridan biri – Alibabaning (O‘zbekistonda uning AliExpress tarmog‘i mavjudligi sizga ma'lum) ham diqqatini tortdi. Bunday moliyaviy sarmoya kiritilishi MEIZUga M-series byudjyet smartfonlarining to‘liq seriyasini ishlab chiqishni boshlashga, shuningdek Pro flagmanlarning quvvatli seriyasini ishga tushirishga imkon berdi.
Bizning bozorga MEIZU aynan ushbu seriyadagi yangi smartfon — MEIZU Pro 7 bilan kirib kelmoqda.
Bu orqa qismida qo‘shimcha sensorli OLED-ekranga ega dunyodagi birinchi smartfon hisoblanadi, ushbu ekran xabarlarni ko‘rsatib turish uchun, shuningdek manzara-izlagich sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Old kamera 16 megapiksel, orqa panelda esa ikkita 12 megapikselli lazer fokuslagich va portret rejimli kamera o‘rnatilgan.
Hamyonbop modellar qatoridan o‘zbekistonliklar ham sotib olishlari mumkin, masalan, bularga MEIZU M5s, M6 va M6 Note modellarini misol sifatida keltirish mumkin.
Ideal tarzda moslangan qurilmani ma'qul narxlarda poytaxtdagi “Malika” texno-markazida, Mediapark, Arba.uz va Mobile-Zone do‘konlar tarmog‘idan sotib olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi MEIZU Uzbekistan rasmiy sahifalarida brend yangiliklarini kuzatib boring. Yangiliklar hali oldinda!
MEIZU smartfonlari — barcha uchun, har biringiz uchun, siz uchun yaratilgan!
Sayt: meizustore.uz
Facebook: meizu.uzbekistan
Instagram: @meizu_uz
Telegram: @meizu_uzbekistan
Reklama huquqi asosida