Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qrim bilan bog‘liq vaziyatda Obamani aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp “AQSh Qrimni Rossiya hududi deb hisoblashi kerakmi?” degan savolga ochiqcha javob berishdan qochdi. Bu haqda FOX News telekanali ma'lum qildi.
“Siz bu haqda yaxshisi prezident Obamadan so‘rashingiz kerak, chunki u Qrimni qo‘ldan chiqardi. Bu hodisa hokimiyat tepasida uning ma'muriyati bo‘lgan vaqtda yuz bergan. Va aynan u Rossiyaga Qrimga ko‘p mablag‘ sarflashga ijozat bergan. Undan nima uchun bunday qilganini so‘rash kerak”, deb javob qilgan Tramp.
Tramp bu masalaga ehtimol umuman boshqa munosabatda ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
“Siz bu savolni Obamaga berishingiz kerak. Boz ustiga, bu ancha avval bo‘lgan”, deb aytgan Tramp.
Ukraina hududi hisoblangan Qrim va Sevastopol Rossiya tarkibiga 2014 yil mart oyida qo‘shilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025