Jamiyat | 12:45 / 11.06.2018
30064
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Dima Qayumning onasi holidan shaxsan xabar oldi

Insoniylik yaxshilikda bilinadi. Insoniylik bir insonning ko‘nglini ko‘tarishda namoyon bo‘ladi. Agar bu xayrli amallar muqaddas Ramazon oyida qilinsa, savobi yuz karra ziyoda bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan mashhur bo‘lgan Dilshod Boltaboyevning onasi og‘ir dardga chalingani haqidagi xabardan so‘ng, KUN.UZ tahririyati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landi.

Bundan maqsad bu murojaatga tuman, nari borsa viloyat miqyosida ahamiyat qaratish, mushtipar onaxonning shifo topishida sababchi bo‘lish edi. Ammo voqealar rivoji kutilmagan tus oldi. Gap shundaki, bu holatdan xabar topgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Dima Qayum xonadoniga shaxsan tashrif buyurdi.

Foto: Facebook /Dima Qayum

“Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Qayumovich Shodmonov uyimizga shaxsan o‘zlari tashrif buyurishib, Onam uchun qo‘llaridan kelgan barcha yordamni ayamasliklarini aytib, otam haqlariga duo qilib, onamning duolarini olib ketishdi.

Foto: Facebook /Dima Qayum

Katta rahmat. Umringiz uzoq bo‘lsin!”, deb yozadi Dima Qayum Facebook’dagi o‘z sahifasida.

KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, onaxon davolanishlari uchun yaqin kunlarda Respublika onkologiya dispanseriga olib kelinadi.

Mavzuga oid