Light | 17:31 / 12.06.2018
22164
4 daqiqa o‘qiladi

Biz nafas olayotgan havo nimasi bilan xavfli?

Havoda qanday xavf bo‘lishi mumkin va qanday qilib ularni o‘z vaqtida aniqlash mumkin? "Layfxaker" shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Foto: pixabay

Havo nimasi bilan xavfli bo‘lishi mumkin?

Eng avvalo, biz nafas olayotgan havo nimadan iborat ekani haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Biz uchun eng asosiysi — kislorod (21 foiz). Asosiy element azot (78 foiz). Qolgani argon, karbon dioksidi va boshqa elementlar hamda birikmalar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Havo tarkibining o‘zgarishi inson organizmi uchun qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ular orasida eng keng tarqalgani — bu yuqori konsentratsiyadagi CO, CO₂ va havoda uchib yuruvchi organik moddalar (VOC).

Aynan karbon dioksidining yuqori darajada bo‘lishi tufayli odamlar ko‘p joyda o‘zini yomon his qila boshlaydi. VOC esa bo‘yoqlar va chiqindi gazlarini hidlash natijasida boshimizda og‘riq turishi sababidir.

Foto: pixabay

VOC — qattiq va suyuq moddalardan ajraluvchi gazlar shaklidagi kimyoviy birikmalar, ular hatto xona haroratida ham yengil bug‘lanadi. Karbon monoksit, metan, spirtlar, formaldegid, atseton, propan, dixlormetan — bularning bari bizning atrofimizda zararli gazlar ko‘rinishida keng tarqalgan. Aksariyatining o‘ziga xosligi shundaki, inson organizmi ularni hididan emas, faqat bu zararli moddalar natijasida yuzaga keladigan hissiyotlariga tayanib aniqlashi mumkin.

Qanday qilib havoni tozaroq qilish mumkin?

Mashinalar serqatnov, qurilish va ta'mirlash ishlari doimiy olib boriladigan katta, aholisi ko‘p shaharlarda VOC va yuqori darajali CO, CO₂'dan qochib qutulishning iloji yo‘q. Biroq hatto hech qanday hid sezmasangiz ham uyda yoki ishda zararli havodan nafas olishga to‘g‘ri kelsa-chi? Bunday holatlarda harakatga kirishish kerak. Xo‘sh, nima qilish mumkin?

Foto: Depositphotos
  • Xonani shamollatish. Unda yig‘ilib qolgan CO₂'dan xalos bo‘lishning yetarlicha samarali usuli. Ayniqsa, gaz plitalari bo‘lgan xonalar uchun tavsiya etiladi.
  • Havo tozalagich sotib olish. Bunday qurilmalar tozalash usuli va samaradorligiga qarab farqlanadi. Eng oddiy variantlardan biri — namlantiruvchi sifatida natija beruvchi havoni yuvish.
  • Qirqquloq o‘simligini xarid qilish. Havoda karbon dioksidi va VOC darajasini kamaytirishning oddiy usuli.
  • Maishiy kimyo vositalarini almashtirish. Shunisi qiziqki, biz ba'zan uyni tozalaymiz deb o‘zimiz bilmagan holda havoni ifloslantirishimiz mumkin. Ekologik toza deya targ‘ib qilinuvchi ba'zi vositalar ko‘pincha oddiylari kabi zararli bo‘ladi. Sinovdan o‘tgan variantlar bu zararni chetlab o‘tish imkonini beradi: soda va xo‘jalik sovuni.
  • Havo tortgichni almashtirish va ventilyatsiyani tekshirish. Ventilyatsiya tizimlari parvarishni talab qiladi, xonadonlardagi havo tortgich esa sifatsiz bo‘lishi mumkin.
  • Ta'mirlash ishlarini bajarish. Zaharli bo‘yoqlar va zararli materiallardan xalos bo‘lishning radikal usuli.
  • Ko‘chish yoki ish joyini o‘zgartirish. Agar siz issiqlik elektr stansiyasi (IES) yaqinida yoki mashinalar serqatnov joyda yashasangiz, havo tozalashning boshqa usullari yordam berishi qiyin. Keskin choralar ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Har qanday vaziyatda asosiysi — xavfni o‘z vaqtida aniqlash. Bunda esa havo sifatini monitor qiluvchi maxsus qurilmalar yordam beradi.

Mavzuga oid