Fan-texnika | 23:15 / 13.06.2018
9474
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda “aqlli” futuristik elektrokar taqdim qilindi

Xitoyning Byton startapi 4-darajadagi avtopilotga ega K-Byte elektrik sedani kontseptini taqdim qildi. Avtomobil taqdimoti Shanxayda o‘tayotgan CES Asia 2018 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan.

Yangi mashina Toyota Camry’dan kattaroq chiqqan. Avtomobil datchiklar, peshoyna ostida joylashgan kamera, tomi o‘rtasida joylashgan lidar bilan jihozlangan. Bu elektrokarga umumiy yo‘llarda mustaqil harakatlanishga imkon beradi. 

Foto: Byton

Mashina kuzovining oldida radiator panjarasini imitatsiya qiluvchi animatsion detal joylashgan, yon oynalari esa kameralar o‘rnini bosadi.  

Foto: Byton

Avtomobil saloni futuristik ko‘rinishda bajarilgan – dastaklar o‘rniga sensor panellar joylashgan, old panel katta displey ko‘rinishida ishlangan.

Mashinaning narxi va boshqa ko‘rsatkichlari ma'lum qilinmagan.

Foto: Byton

 

Mavzuga oid