Sport | 13:15 / 14.06.2018
8857
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada mahbuslar JCh-2018 o‘yinlarini ko‘rish uchun ochlik e'lon qilishdi

Foto: GOLDERS/@ARGENTINA

Argentinada Puerto-Madrin shahridagi qamoqxonalarda saqlanuvchi mahbuslar futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati o‘yinlarini ko‘rishga ruxsat berishlari uchun ochlik e'lon qilishdi.

Publimetro ma'lumotiga ko‘ra, qamoqxonada uch kundan beri televizion kabel buzilgan holda turibdi, uni qamoqxona xodimlari tuzatishdan bosh tortishmoqda.

«Biz ovqat iste'mol qilmaslik haqida qaror qabul qildik, bu televizion kabel bilan bog‘liq muammo hal qilib berilmagunga qadar davom etadi», - deya ma'lum qilishgan mahbuslar o‘z noroziliklarida.

Foto: GOLDERS

Shahar sudi bunday murojaatni ko‘rib chiqishdan bosh tortgan.

JCh-2018 Rossiyada 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi D guruhida Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun'iy idrok JCh-2018 natijalarini taxmin qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid