Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada yoshlardan 289 nafari doimiy ishga joylashadigan bo‘ldi
2018 yil 13 iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi A.Tamikayev va tuman prokurori N.Abdullayev tashabbusi bilan "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostidagi yoshlar innovatsion haftaligi doirasida kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, uyushmagan yoshlar, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan fuqarolarni doimiy ish bilan ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 2000dan ziyod tuman yoshlari ishtirok etib, ishga kirish istagida bo‘lgan yoshlardan 289 nafari turli sohalar bo‘yicha doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar olishdi hamda 25 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga tumandagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 30dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hamda tuman bo‘lim va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Tadbir davomida tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tuman prokurori hamda yoshlar ittifoqi tuman Kengashi mas'ul xodimlari tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdilar.
Suhbat davomida 250 nafardan ortiq uyushmagan yoshlarni muammolari joyida hal etilib, ularga tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi san'atkorlari tomonidan madaniy chiqishlar namoyish qilindi. Shuningdek, havaskor yosh oshpazlar o‘rtasida osh damlash musobaqasi o‘tkazildi.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024