Sport | 21:04 / 16.06.2018
21287
1 daqiqa o‘qiladi

Messi birorta gol urmagan o‘yinida jahon chempionati rekordini yangiladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bir o‘yinda darvozaga yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha jahon chempionatlari rekordini yangiladi, deb xabar beradi Opta. 

JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Islandiyaga (1:1) qarshi bahsda u darvoza tomon 11ta zarba yo‘lladi. Bu esa 1966 yildan buyon eng yaxshi natijadir. Messi avvalgi rekord sohibi, Italiya terma jamoasi hujumchisi Luiji Rivaning 1974 yilda Gaiti darvozasiga yo‘llagan zarbalaridan 1ta o‘zib ketishga erishdi.

Qizig‘i shundaki, har ikkala hujumchi ham raqib darvozasini biror marta ishg‘ol etolmagan. Messi hatto penaltini ham noaniq amalga oshirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid