Jahon | 09:14 / 17.06.2018
10023
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tish emalini tiklovchi material yaratishdi

Foto: Pixabay

Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari tish emalini tiklovchi material ixtiro qilishdi.

Nature Communications nashrining yozishicha, yangi material tishlarning chirishiga qarshilik ko‘rsatadi hamda ekstremal haroratlar, kislotali ovqatlar va ichimliklarga bardoshli.

Material o‘z strukturasiga ko‘ra tabiiy tish emaliga o‘xshash bo‘lib, uni yaratishda kristallar o‘sishini chaqiruvchi oqsil qo‘llangan.

Olimlarning aytishicha, yangi material yordamida kelgusida qattiq to‘qimalarni tiklashda katta taraqqiyotga erishish va hattoki tishlar chirishining oldini olish mumkin.

Avval tish emalini tiklashning iloji yo‘q deb hisoblab kelingan.

Mavzuga oid