Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Oq kaskalarni» moliyalashtirishda davom etadi
AQSh Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentlik «Oq kaskalar» tashkiloti hamda Suriya hududidagi jinoyatlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha BMT mexanizmini moliyalashtirish uchun 6,6 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Amerika tashqi siyosat idorasi vakili Xizer Nauert xabar bergan.
Nauertning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror davlat rahbari Donald Tramp tomonidan qabul qilindi.
«AQSh hukumati Suriya mojarosi boshlanganidan beri 100 mingdan ortiq inson hayotini qutqarib qolgan «Oq kaskalar»ni qat'iy qo‘llab-quvvatlaydi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Suriyadagi jinoyatlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha BMT mexanizmiga e'tibor qaratilgan. U mintaqada 2011 yilning mart oyidan beri sodir bo‘lgan jinoyatlarni tergovdan o‘tkazishda juda muhim ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriya hukumatini ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025