Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi
Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimi Mahammadjon Dehqonov ishdan olingan. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, tumanga Akmaljon Azimovich Muhammadaliyev yangi hokim etib tayinlangan.
Hokim bilan birga tuman IIB boshlig‘i va soliq inspeksiyasi rahbari ishdan olingan (tuman prokurori avvalroq ishdan ketgandi - tahr.). Ayni vaqtda bu sektorlarga birinchi o‘rinbosarlar v.b sifatida tayinlangan.
Mahammadjon Qalandarovich Dehqonov 12 iyun kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida oxirgi marta ogohlantirilgandi.
Endilikda Uchko‘prik IIBning sobiq rahbariga aylangan podpolkovnik Xoldarov Muzaffarjon Mahmudovich ham shu yilning 3 martida lavozimga tayinlangandi.
Mavzuga oid
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
23:02 / 23.01.2025