Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada piyodalarni urib yuborgan taksichi o‘z aybini to‘liq tan oldi
Moskva markazida piyodalarni urib yuborgan taksichi Chingiz Anarbek o‘g‘li Moskvaning Taganka tuman sudida qilgan ishidan tavba qilayotganini aytdi. Sudda taksichiga nisbatan ehtiyot chorasi belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Men barchadan kechirim so‘rayman. Men ikki kun uxlamadim. Oilamni boqish uchun deyarli tinmay ishlashimga to‘g‘ri keldi. Men nima bo‘lganini o‘zim tushunmay qoldim, uyqusizlikdan toliqqan edim va gaz tepkisini adashtirib yubordim. Men aybimni to‘liq tan olaman va jabrlanganlar hamda ularning yaqinlaridan kechirim so‘rayman”, deb aytgan ayblanuvchi.
Qirg‘izistonning Jalolobodidan bo‘lgan 38 yoshli erkakning aytishicha, u sud bilan tarjimon yordamida muloqot qilgan. U taksida ishlashdan avval 6 yil oshpazlik qilgan.
Tergov ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uni 2 oyga hibsga olishni so‘ragan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, taksichi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, piyodalar yo‘lkasiga chiqib, 7 kishini urib yuborgan.
Moskva sog‘liqni saqlash departamentida 8 kishi jabrlangani ma'lum qilingan. 17 iyunda jabrlanganlardan 3 nafari shifoxonada qoniqarli holatda qolayotganlari va yaqinda ularga javob berilishi aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, jabrlanganlar orasida 2 meksikalik, 2 ozarboyjonlik, 2 rossiyalik va bir ukrainalik bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025