Sport | 00:57 / 18.06.2018
5539
2 daqiqa o‘qiladi

Rojyer Federer 98-unvonini qo‘lga kiritdi

Foto: EPA-EFE/SEBASTIEN NOGIER

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer Shtutgartda o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘ldi. Finalda Federer kanadalik Milosh Raonich bilan to‘qnash kelib, uni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lub etgan.

Ushbu unvon 36 yoshli Federerning faoliyatidagi 98- va joriy mavsumdagi uchinchi unvoni bo‘ldi.

Federer joriy fevralda 2012 yildan beri ilk bor tennischilar uyushmasi reytingining eng yuqori pog‘onasini egallagan va ATR tarixida bunga erishgan eng yoshi katta (36 yosh 6 oylik) tennischi bo‘ldi. Tennischi joriy mavsumda umumiy hisobda reytingga 7 hafta boshchilik qildi. Federer reytingning 1-o‘rnini ilk bor 2004 yilda egallagan va unda umumiy hisobda 309 hafta (237 hafta ketma-ket) qolgan.

Federer “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi hisoblanadi. Tennischi Uimbldon musobaqasini 8 marta yutgan tarixidagi ilk tennischi bo‘lib, uning hisobida 2008 yilgi Olimpiadaning juftlikdagi oltin medali va 2012 yilgi Olimpiadaning kumush medali bor.   

Mavzuga oid