Iqtisodiyot | 14:10 / 18.06.2018
54044
1 daqiqa o‘qiladi

So‘m kursi o‘sishda davom etdi, dollar kursi yana pasaydi

O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e'lon qildi  — 18 iyundan bir dollar 7883.99 so‘mni tashkil etadi. O‘tgan seshanbadagi kurs bilan taqqoslaganda, AQSh valyutasi bir haftada 25.38 so‘mga qadrsizlandi.

Shuningdek, 1 yevro kursi 155.21 so‘mga pasayib, 9150.95 so‘mga tushgan, 1 rubl kursi 1.83 so‘mga arzonlashib, 124.89 so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2017 yil 5 sentabrda valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan beri dollar hali hech bu qadar pastga sho‘ng‘imagan edi. Umuman olganda, dollar kursi may oyining boshida bir marta 3 tiyinga oshgani hisobga olinmasa, 13 fevraldan beri faqat qulayapti.

Markaziy Bank ma'lumotiga ko‘ra, dollar kursining pasayishiga O‘zbekiston Markaziy bankining valyuta birjasidagi yangi intervensiya strategiyasi ta'sir qilmoqda. Shu tufayli so‘mning qadri juda faol o‘smoqda.

Mavzuga oid