Sport | 10:28 / 18.06.2018
11475
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018, beshinchi kun. Bugun Angliya va Belgiya start oladi

Foto: REUTERS

Bugun, 18 iyun kuni 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bugun muxlislar yana 3ta o‘yinga guvoh bo‘lishadi.

Kunning dastlabki o‘yini «F» guruhining yana ikki vakili — Shvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da «Nijniy Novgorod» stadionida boshlanadi (Match TV).

17 iyun kuni o‘tkazilgan «F» guruhi jamoalari Germaniya va Meksika termalari uchrashuvi amerikaliklar g‘alabasi bilan tugagandi va bugungi uchrashuvdan keyin guruhdagi vaziyatga oydinlik kiritiladi.

Bugun «G» guruhida ham 1-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi— dastlab Belgiya termasi Panamaga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Sochidagi «Fisht» stadionida boshlanadi (Match TV).

Guruhning ikkinchi o‘yini esa Angliya va Tunis o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da, «Volgorad Arena» stadionida boshlanishi belgilangan (Pervyy).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid