O‘zbekiston | 10:33 / 19.06.2018
8493
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin: 

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:

1) 17-moddasining birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘yishi”;

oltinchi–o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi–o‘n yettinchi xatboshilari deb hisoblanadi.

2) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi”.

3) 29-moddasining uchinchi qismi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“fermer xo‘jaliklarining ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadilar”;

ikkinchi–o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi–o‘n to‘rtinchi xatboshilari deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi”.

Mavzuga oid