Jamiyat | 11:59 / 19.06.2018
23376
1 daqiqa o‘qiladi

FVV sel xavfidan ogohlantirdi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 19-21 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar berdi.

«Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, FVV 14-15 iyun kunlari ham sel xavfi haqida ogohlantirgandi. 

Mavzuga oid