Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Tesla xodimlaridan birini sabotajda aybladi
Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniya xodimlaridan birini sabotajda aybladi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Mask bu haqda Tesla’ning barcha xodimlari uchun pochta xabarida yozgan. Xabarda ta'kidlanishicha, nomi oshkor etilmagan xodim ishlab chiqarishning operatsion tizimiga muvofiqlashmagan kod kiritgan va elektron pochta orqali kompaniya maxfiy ma'lumotini uchinchi shaxslarga bergan.
«Uning barcha harakatlari haqidagi ma'lumot hozircha noma'lum, biroq, u hozircha tan olgan narsalar ancha yomondir», - deya ta'kidlab o‘tdi Mask xabarda.
Tesla matbuot kotibi Jina Antonini bu masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla minglab xodimlarini ishdan bo‘shatayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
22:00 / 24.05.2025