Sport | 17:35 / 20.06.2018
25345
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi

Marokash terma jamoasiga qarshi Portugaliya safida maydonda harakat qilayotgan Krishtianu Ronaldu yana bir rekord sohibiga aylandi. 

O‘yining 4-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchining terma jamoa safidagi gollari soni 85 taga yetdi. Bu esa, Yevropa terma jamoalari tarixidagi bombardirlar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. 

Bugungacha, Krishtianu Ronaldu bu o‘rinni Vengriya terma jamoasi safida 50-yillarda to‘p surgan Ferents Pushkash bilan bo‘lishib turgandi. Vengriyalik futbol afsonasi terma jamoadagi faoliyati davomida 84 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. 

Butun dunyo bo‘yicha terma jamoalar to‘purarlari ichida esa, Krishtianu yaqqol 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘z terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ruyxatini eronlik Ali Dayi boshqaradi. U 149 o‘yinda 109 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Ronaldu Rossiya-2018 dagi o‘zining to‘rtinchi golini urganini ham ta'kidlash kerak. Terma jamoasining hozircha hamma golini urib kelayotgan hujumchi JCh to‘purarlar ro‘yxatida ham yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Mavzuga oid