Jahon | 13:39 / 20.06.2018
14544
2 daqiqa o‘qiladi

Shengen vizasi qanchaga qimmatlashishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock

Yevropa Ittifoqi Kengashi Shengen vizalari narxini oshirishni ma'qulladi. Kengash tashabbusi bilan viza narxi 60 yevrodan 80 yevrogacha oshirilishi kerak. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Ma'lumki, Yevropa Ittifoqi Shengen kodeksini isloh qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi: YeI elchilari Yevroittifoq Kengashi nomidan Yevroparlament bilan viza kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun mandatni ma'qullashdi. Keyinchalik, bu o‘zgarishlarni Yevroparlament YeI Kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqishi kerak. Avvalroq, viza narxining ko‘tarilishi haqida Yevrokomissiya xabar bergandi.

Bundan tashqari, tashabbus vizani onlayn olish uchun blankalarni to‘ldirish va imzolash shakli imkoniyatini nazarda tutadi. Bunday imkoniyat «agar ariza beruvchi Yevropaning bir necha davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, YeIga a'zo bo‘lgan qaysi mamlakat arizani ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligini aniqroq aniqlaydi».

Amaldagi Shengen kodeksi 2010 yilda kuchga kirgan. Ushbu hujjat YeIga qisqa muddatli vizalar berish va arizalarni ko‘rib chiqish qoidalarni qamrab oladi, ya'ni YeI mamlakatlari hududida 180 kun davomida 90 kundan ortiq bo‘lmaganda muddat bo‘lish uchun beriluvchi vizalarni.

Mavzuga oid