Jahon | 21:30 / 21.06.2018
13103
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda imo-ishoralar tilini bilgan gorilla hayotdan ko‘z yumdi

Amerikancha imo-ishoralar tilini bilgan Koko laqabli gorilla Kaliforniyada 46 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Gorilla Foundation tashkiloti saytida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, gorilla uyquda hayotdan ketgan. 

Foto :  Facebook / The Gorilla Foundation / Ron Cohn

“Koko barcha gorillalar elchisi va turlar o‘rtasida muloqot ramzi sifatida millionlab kishilarning hayotiga ta'sir qilgan. Uni juda sevishardi va usiz qayg‘urishadi”, deb aytilgan bayonotda.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Koko 1971 yil 4 iyulda San-Frantsisko hayvonat bog‘ida dunyoga kelgan. 1972 yilda amerikalik zoopsixolog Fransin Petterson uni imo-ishoralar tiliga o‘rgata boshlagan. 

Foto :  Facebook / The Gorilla Foundation / Ron Cohn

Ma'lum qilinishicha, Koko bir nechta hujjatli filmlarda suratga olingan va ikki  marta National Geographic jurnali muqovasida tasvirlangan. Kokoning jurnal uchun birinchi suratini (1978 yil oktbyar) uning o‘zi ko‘zguda aksini suratga olish orqali bajargan. Ikkinchi suratda (1985 yil yanvar) esa u mushukni quchoqlab turgan tarzda tasvirlangan.   

Mavzuga oid