Sport | 19:10 / 21.06.2018
5828
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya - Avstraliya: G‘olib aniqlanmadi

Foto: AP

2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida S guruhida Daniya Avstraliyaga qarshi o‘ynadi. «Samara Arena» stadionida kechgan uchrashuv — 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 7-daqiqasida yarim himoyachi Kristian Eriksen daniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, birinchi bo‘lim oxirida Mayl Yedinak penaltidan hisobni tenglashtirdi. O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi.

Shu tariqa, S guruhida ikki turdan keyin Daniya 4 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda, avstraliyaliklar hisobida — bir ochko.

S guruhida oxirgi turda Daniya Fransiyaga qarshi o‘ynaydi, avstraliyaliklar Peruga qarshi maydonga chiqadi.

JCh-2018
S guruhi
Daniya – Avstraliya 1:1 
(1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Eriksen, 1:1 – 38, penalti Yedinak.
Daniya – Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Shene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogich (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yurich, 75).
Ogohlantirishlar: Poulsen (37), Sisto (84).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid