Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori vositalariga qat'iy narxlar bekor qilindi
Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta'minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qat'iy narxlarda sotish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.
2018 yil 1 avgustdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari va dori preparatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalarini tan olinadi.
Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018 yil 20 iyulga qadar muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bemorlarni davolashdagi vrachlar xatosi endi ekspert guruhlar tomonidan o‘rganilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
14:02 / 16.11.2024